Para-dzyudo boʻyicha jahon chempioniga aylangan sportchiga uy sovgʻa qilindi

Saqlash
12:36 / 20.05.2025 462 0

Qozogʻistonning Ostona shahrida para-dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida ayollar oʻrtasida J1 klassida (koʻzi ojizlar) — 64 kg vazn toifasida jahon chempioni boʻlgan Uljon Amriyeva Urgut tumanida tantanali kutib olindi.

 

Tuman hokimi Botir Jabborov ham ishtirok etgan tadbirda sportchining yutuqlari eʼtirof etilda va unga Prezident tomonidan berilgan xonadonning kaliti topshirildi.

 

Maʼlumot uchun, Uljon Amriyeva oltin medal uchun kechgan kurashda braziliyalik Silva Larissaga qarshi tatamiga chiqib, raqibasini ippon bahosi bilan magʻlub qilgan edi.

 

Kurashchi ushbu gʻalabasi bilan jahon chempioni boʻlgan birinchi oʻzbekistonlik koʻzi ojiz para-dzyudochiga aylandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 29
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 76
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 75
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 24
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112098
75623

//