Ertadan havo harorati koʻtarila boshlaydi

Saqlash
17:22 / 19.05.2025 87 0

Oʻzgidromet 23-maygacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, ertadan havo harorati koʻtarila boshlaydi va hafta oʻrtasida – kunduz kunlari havo +35– +38, janubda va choʻl hududlarda +40– +42 darajagacha isiydi.

 

Ish haftasining oxiriga kelib, salqin havoning yana bir qismi kirib kelishi hisobiga harorat +30– +32 darajagacha pasayadi.

 

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 22-23-mayda

ayrim joylarda (baʼzida) shamol 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

22-23-may kunlari togʻoldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

 

Toshkent shahrida 19-23-may kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

 

20–22-mayda harorat asta-sekin +35– +38 darajagacha koʻtariladi, 23-mayda +30– +32 daraja boʻladi.

 

22-23-may kunlari shamol tezligi 12–15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//