
Jamiyat
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Taʼkidlanishicha, hujjat Mehnat kodeksiga muvofiq, shuningdek, sogʻligʻiga hamda maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, oʻqitish jarayonini buzmaydigan yengil mehnatni oʻqishdan boʻsh vaqtida bajarishi mumkin boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining mehnat huquqlarini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.
U bilan tasdiqlangan 1-ilovaga koʻra, quyidagi ishlar va kasblar oʻquvchilar mehnat qilishi mumkin boʻlgan yengil turdagi faoliyat hisoblanadi:
▪️ Rassom;
▪️ Oilaviy korxona aʼzosi;
▪️ Ovqatlanish korxonasi xostesti;
▪️ Bufetchilar;
▪️ Markachi;
▪️ Sutli kokteyl tayyorlovchi;
▪️ Barista (kofe tayyorlovchi);
▪️ Titester (choy degustatori);
▪️ Shokolatchi;
▪️ Mozaika ustasi;
▪️ Soatsoz;
▪️ Chipta tarqatuvchisi;
▪️ Nooziq-ovqat tovarlari sotuvchisi;
▪️ Oziq-ovqat tovarlari sotuvchisi;
▪️ Dehqon xoʻjaligi aʼzosi;
▪️ Yogʻoch buyumlar tayyorlovchi kasbkor;
▪️ Yogʻoch oʻymakori;
▪️ Xalq oʻyinchoqlarini tayyorlovchi kasbkor;
▪️ Poyabzal tozalovchi;
▪️ Ayollar sartaroshi;
▪️ Erkaklar sartaroshi;
▪️ Oshxona ishchisi;
▪️ Idish yuvuvchi;
▪️ Yordamchi ishchi;
▪️ Choy tarqatuvchi;
▪️ Qogʻoz buyumlarni oʻrovchi (yopishtiruvchi);
▪️ Tovarlarni jamlovchi;
▪️ Xomashyoni ochuvchi;
▪️ Detal va buyumlarni taxlovchi;
▪️ Buyumlarni taxlovchi;
▪️ Taxlovchi-qadoqlovchi;
▪️ Qadoqlovchi;
▪️ Qogʻoz paketlarni tayyorlovchi;
▪️ Karta va oʻrash materiallarini tayyorlovchi;
▪️ Qopqoqlarni tayyorlovchi;
▪️ Hunar oʻrganuvchi;
▪️ Yukchi;
▪️ Ishbay yukchi;
▪️ Yordamchi ishchi;
▪️ Suv quyuvchi.
Maʼlumot uchun, oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning ish vaqti faqat yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishlardan (yukchi va ishbay yukchi) iborat boʻlganda, ular uchun yuk koʻtarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kg dan ogʻir boʻlmasligi, shuningdek, ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.
Oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qoʻlda koʻtarish va tashish bilan bogʻliq ishlardan iborat boʻlganda, qoʻlda yuk koʻtarish va tashish normalarining chegarasi: oʻgʻil bolalar uchun — 6,5 kg, qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan ogʻir boʻlmasligi shart.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining mehnatidan foydalanishda ularning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Jumladan, oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar belgilanadigan eng kam ish oʻrinlari hisobidan zaxiradagi ish oʻrinlariga mahalliy bandlik organlarining yoʻllanmasi bilan ishga joylashishi mumkin.
Ish vaqtining davomiyligi oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan, oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma toʻrt soatdan oshmasligi lozim.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining zimmasiga yuklanishi koʻrsatilgan.
Qaror loyihasi muhokamasi 23-maygacha davom etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q