Endi Rossiyaga boruvchi boʻlgan oʻzbekistonliklardan QR-kod talab etiladi

Saqlash
10:54 / 19.05.2025 65 0

2025-yil 30-iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan roʻyxatdan oʻtishi va QR-kod olishi shart boʻladi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov.

 

Maʼlum boʻlishicha, QR-kodni chegaradan oʻtishda taqdim etish talab etiladi.

 

Bunda roʻyxatdan oʻtish uchun:

▪️ shaxsiy kabinet yaratish;

▪️ fotosurat va shaxsiy maʼlumotlarni yuklash;

▪️ Rossiyada boʻlish muddatini koʻrsatish kerak.

 

Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.

 

Agar kelish zarurati toʻsatdan (masalan, ogʻir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo boʻlsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.

 

Quyidagilar roʻyxatdan oʻtishdan ozod qilinadi:

➖ Belarus fuqarolari;

➖ 6 yoshgacha boʻlgan bolalar;

➖ viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar.

 

6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy roʻyxatdan oʻtish kodi boʻlishi shart.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//