AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga saraton tashxisi qoʻyildi

Saqlash
10:00 / 19.05.2025 50 0

AQSHning sobiq prezidenti, 82 yoshli Jo Baydenda prostata saratoni aniqlandi. Saraton agressiv shakldaligiga qaramay, uni davolash mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda The New York Times (NYT) Bayden vakiliga tayanib xabar bergan.

 

“Baydenda saratonning agressiv formasi boʻlsa-da, u gormonlarga taʼsirchan koʻrinadi. Bu esa saratonni samarali davolash imkonini beradi” – deyiladi bayonotda.

 

Ushbu tashxis bemorning prostata bezida kichik tugun aniqlanib, chuqurroq tekshiruvlar talab qilgach qoʻyilgan.

 

82 yoshli Jo Bayden isteʼfoga chiqqanida mamlakatning eng qariya prezidenti boʻlgan. Oʻtgan yilgi prezidentlik saylovlarida u yana oʻz nomzodini ilgari surmoqchi edi. Biroq keyinchalik oʻz vitse-prezidenti Kamala Xarris kandidaturasini qoʻllay boshladi. Bu qarorga kelish sabablaridan biri uning salomatligidagi muammolar boʻlgan, deyiladi NYT nashrida.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//