
Sport
2025-yilning oʻzbekistonlik para velosportchilar Italiyaning Maniago shahrida boʻlib oʻtadigan para velosportning Shosse yoʻnalishi boʻyicha jahon kubogiga yoʻl olgan edi. Sportchilardan ikki nafari shohsupaga koʻtarildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston milliy Paralimpiya qoʻmitasi oʻzining Instagram sahifasida.
Qayd etilishicha, T1 klassda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Aziz Ataxoʻjayev 40 km masofa boʻyicha oʻtkazilgan guruh poygalarda oltin, 16 km masofa boʻyicha oʻtkazilgan vaqt poygalarda boʻlsa kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Sportchi ushbu natijani Italiya va Janubiy koreyalik sportchilarni ortda qoldirish orqali qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston tarixida ilk bor mazkur koʻrsatgichni qayd etgan.
Ayollar oʻrtasida T1 klassda maydonga tushgan oʻzbekistonlik Marjona Pardaboyeva boʻlsa 30 km masofa boʻyicha oʻtkazilgan guruh poygasida kuchli uchlikdan joy olib, delegatsiya hisobiga ikkita bronza medalni qoʻshishga muvaffaq boʻlgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q