
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini oʻtkazish taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ularga munosabat bildirdi.
Unda qayd etilishicha, joriy o‘quv yilining oxirgi kuni – 25-may, yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelayotgani sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
"So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram!" – deyiladi vazirlik bergan axborot matnida.
Vazirlik shuningdek, maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etishini ta'kidlab, bunda maktab jamoalarini, bitiruvchilarni va ota-onalarni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘ragan.
Sport
Jamiyat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q