
Jamiyat
Toshkent shahrida koʻtarilgan changli shamol tufayli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xavfsizlik choralari eʼlon qilib, quyidagicha tavsiya berdi:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.
Toshkent shahar hokimligi aholini favqulodda holatlarda quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishga chaqirdi: 1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Shuningdek, Poytaxt ekologiya boshqarmasi ham bunday ob-havo sharoitida sinish xavfi yuqori bo‘lgan daraxtlar yoki singan daraxtlarni ko‘rgan fuqarolar, bu haqda Ekologiya vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08, 1157 va 1207 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘radi.
Energetika vazirligi ham uzilgan elektr simlarni ko‘rganda, darhol 1154 raqami orqali xabar berishini so‘ragan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q