NKMK zavodida 1.5 kg oltini boʻlgan mahsulotni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan ishchi xodimlar aniqlandi

Saqlash
11:49 / 17.05.2025 80 0

Navoiy kon-metallurgiya zavodining uch nafar xodimi tarkibida 1,5 kg oltin boʻlgan yarim tayyor mahsulotni yashirib qoʻygani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Unga koʻra, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodidagi 2 nafar smena ustasi va 1 nafar boʻlinma apparatchisi oʻzaro til biriktirgan. Ular tarkibida koʻp miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan ogʻirligi 2 kg yarim tayyor mahsulotni talon-toroj qilish maqsadida zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻygan.

 

Tegishli xulosaga koʻra, mazkur yarim tayyor mahsulot tarkibida jami 1 kg 523 gramm sof oltin borligi aniqlanib, uning bahosi 2 mlrd 102 mln soʻmni tashkil etadi.

 

Ushbu xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 169-moddasi 4-qismi “a” (Juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//