Oʻzbek animatsion filmi xalqaro tanlovda gʻolib boʻldi

Saqlash
10:18 / 16.05.2025 118 0

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, “ASTIR” va “Begim” studiyalari hamkorligida, rejissyor Abdulatif Haydarov tomonidan yaratilgan “Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sayohat” hamda “Toʻmaris” nomli animatsion filmlar Hindistonning Noida shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro “Global Festival of Journalism & AVGC” kino-festivalida “Mukammallik uchun” nominatsiyasi gʻolibligiga loyiq koʻrildi.

 

 

Maʼlumot uchun, ushbu animatsion filmlar “Buyuk Ipak yoʻli boʻylab sayohat” koʻp qismli animatsion loyihasi doirasida yaratilgan boʻlib, unda bosh qahramonlar — Salma, Amir va Zuhra afsonaviy davrga tushib qoladi. Ular film davomida Shiroq, Spitamen kabi jasur ajdodlarimiz bilan uchrashadi. Har bir qismda ularga Ruh bobo va Semurgʻ qushi hamrohlik qiladi.

 

 

Ikki qismlik “Toʻmaris” animatsion filmida esa qadimiy massagetlar malikasi — buyuk ayol siymosi Toʻmaris (miloddan avvalgi VI asr) hayoti hikoya qilinadi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//