Jamiyat
Oʻzgidromet markazining xabarlariga koʻra, joriy yilning 14-18-may kunlari respublikamizda oʻrtacha meʼyordan +8– +10 darajada yuqori, yaʼni +41– +43 gradusgacha issiq boʻlishi kutilmoqda.
Shu sababli Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur sanalarda ochiq havoda ishlaydigan fermerlar, bogʻdorlar va dehqonlarga daladagi ishlarni ertalab soat 10:00 gacha bajarish, soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan issiq vaqt oraligʻida esa ishlarni toʻxtatishni tavsiya qilmoqda.
“Bunday ob-havo sharoitida qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻsishi va rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shunday ekan, jazirama issiqning stressli taʼsirini yumshatish uchun agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda oʻtkazish zarur”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, vazirlik dala sharoitida ishlayotganlardan quyoshda qolgan plastik idishlardagi suvdan foydalanmaslik, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilmaslikni soʻramoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q