Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga ChatGPTʼdan foydalanish taqiqlandi

Saqlash
17:22 / 15.05.2025 47 0

Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligida davlat xizmatchilariga ChatGPT neyrotarmogʻidan foydalanish taqiqlanishi maʼlum qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

 

Nima boʻldi?

 

Bir kun avval vazirlikning vitse-prezidenti Kanish Tuleushin Qozogʻistonda davlat xizmatchilarining ChatGPTʼdan foydalanishi allaqachon taqiqlanganini taʼkidladi. Tegishli farmon vazirlik rahbari tomonidan Jaslan Madiyev imzolagan. Masala faqat ish jarayoniga tegishli boʻlib, maʼlumotlar sizib chiqishidan himoyalanish maqsadida ushbu qarorga kelingan. Shu bilan birga, Qozogʻiston davlat xizmatchilariga mahalliy olimlar tomonidan ishlab chiqilgan milliy neyrotarmoqdan foydalanish taklif qilinmoqda.

 

Vazirlik reaksiyasi

 

Bugun, 15-may kuni vazirlik haqiqatan ham ular “Hukumatning nozik maʼlumotlari“ni himoyalash boʻyicha ish olib borayotgani haqidagi xabarni eʼlon qildi. Buning uchun 2024-yilda davlat sektorida sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha hujjatni tasdiqlagan. Taʼkidlanishicha, hujjat tavsiyaviy ahamiyatga ega va sunʼiy intellektdan foydalanishda kiberxavfsizlik darajasini oshirish maqsadida boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//