UzAuto Motors Damas va Labo avtomobillarini ishlab chiqarishni toʻxtatadimi?

Saqlash
17:16 / 15.05.2025 66 0

Foto: Kolesa.kz

 

Xabaringiz bor, Shavkat Mirziyoyev Xorazmda Yevro-5 standartiga javob beradigan, 7 oʻrindiqli yangi avtomobil ishlab chiqarish boshlanishini aytgan edi. Uning ishlab chiqiladigan joyi Xorazm viloyatida Damas va Labo zavodi boʻladi va bunga 100 mln dollar ajratiladi. Shu orqali hisobiga bozordagi arzon avtomobilga boʻlgan katta talab qondirilishi rejalashtirilgan.

 

Shunday boʻlsa-da, “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati Damas va Labo avtomobillarini ishlab chiqarishni toʻxtatish hozirda UzAuto Motors'ning rejasida yoʻqligini maʼlum qildi.

 

“Damas va Labo modellarini ishlab chiqarishni toʻxtatish ayni paytda koʻrib chiqilmayapti. Mahsulotlar qatorida oʻzgarishlar boʻlsa, rasmiy sahifalarimizda oldindan xabar beramiz”, — deyiladi kompaniya izohida.

 

Taʼkidlash lozim, Tuproqqalʼadagi “Damas” zavodida boʻlishi kutilayotgan katta yangilikdan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda Srumkoʻduye N400 yoki Wuling avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham tarqaldi. “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati mazkur mish-mishlarga ham aniqlik kiritib oʻtdi.

 

“Yangi model isteʼmolchilarning istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlanadi. Ayni paytda texnik xususiyatlarning mahalliy foydalanish sharoitlariga mosligi, ishonchliligi va qulayligi boʻyicha potensial avtomobil modellari oʻrganilyapti”, deyiladi kompaniya xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//