Yashash uchun dunyodagi eng yaxshi davlatlar roʻyxati eʼlon qilindi

Saqlash
12:34 / 15.05.2025 445 0

Yashash joyini tanlash muhim qaror hisoblanadi, va eng yaxshi mamlakatni topish hayot sifati uchun muhim ahamiyatga ega. Ceoworld nashri hayot sifati, umr davomiyligi, taʼlim, siyosiy barqarorlik, har bir kishiga toʻgʻri keladigan daromad va imkoniyatlar kabi omillarni chuqur tahlil qilgan holda 2025-yilgi yashash uchun dunyodagi eng yaxshi davlatlar roʻyxati tuzdi.

 

Reytingga 196 ta davlat kiritilgan boʻlib, ular orasida Oʻzbekiston ham bor. Mamlakat Inson Taraqqiyoti Indeksi (HPI) boʻyicha 70,94 bal toʻplagan va 108-oʻringa loyiq koʻrilgan. Yashash darajasi jihatidan esa “yuqori” deya baholangan.

 

 

Dunyo boʻyicha hayot sifati eng yuqori mamlakat deb Shveysariya topilgan – 97,9 ball. Keyingi oʻrinni esa Norvegiya band qilgan – 97,87 ball.

 

Osiyo qitʼasi boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkich Gonkongga tegishli. Xitoyning mamlakat janubi-sharqidagi maxsus maʼmuriy hududi hisoblanuvchi bu maskan reytingda 97,31 ball olgan va 4-oʻrinda koʻrsatilgan.

 

Qoʻshni Qozogʻiston roʻyxatda 70-oʻrinda turibdi – 79,32 ball. Turkmaniston 96-oʻrinda – 73,54 ball. Qirgʻiziston 119-oʻrinda – 68,2 ball.

 

Tojikiston 128-oʻrinda boʻlib(63,4 ball), hayot sifati “oʻrtacha” baho olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//