
Jamiyat
Ayni kunlarda fuqarolarning elektron pochtalariga soliqdan qarzi borligi va uni toʻlash zarurligi haqida xabarnomalar kelib tushayotgani kuzatilmoqda.
Soliq qoʻmitasining maʼlum qilishicha, qoʻmita nomidan yuborilgan ushbu xatlar firibgarlikning bir koʻrinishi boʻlib, soliq xizmatiga hech qanday aloqasi yoʻq.
“Soliq organlari soliq toʻlovchilarga elektron hujjatlarni faqat my.soliq.uz va my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi
Hisoblangan soliqlar va qarzdorlik haqidagi barcha maʼlumotlar real vaqt rejimida shaxsiy kabinetda va Soliq mobil ilovasida mavjud”, deyiladi xabarda.
Agar savollar yuzaga kelsa, soliq toʻlovchilar oʻzlariga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qilishi mumkin. Uning aloqa maʼlumotlari shaxsiy kabinetda koʻrsatilgan boʻladi.
Qoʻmita tasdiqlanmagan maʼlumotlar, shubhali havolalar, yuklamalar va ilova fayllaridan saqlanishni soʻramoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q