
Jamiyat
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti tomonidan “Jadidlarning maʼnaviy qahramonligi” tanlovi eʼlon qilindi.
Unda olimlar, yozuvchi va professional ijodkorlar, jurnalistlar, harbiy xizmatchilar, respublika oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari mutaxassislari, tadqiqotchilar hamda “Vatanparvar” nashri oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.
Tanlov oʻtkazishdan maqsad maʼrifatparvar jadidlarning hurriyatga erishish yoʻlidagi ibratli hayotini targʻib qilish, gʻoyalarini harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, yoshlar ongiga singdirish, adabiy-estetik tafakkurini shakllantirish, ularda milliy ruh, gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirish, yangi marralar sari undashdir.
Maʼlumot uchun, taqdim etilgan ijodiy ishlar – maqola, ocherk, esse va boshqa badiiy ijod namunalari 2025-yilning 10-aprelidan 2025-yilning 10-avgustigacha (word shaklida, 14 shriftda, kirill yoki lotin alifbosida) “Vatanparvar” birlashgan tahririyatiga yuborilishi lozim (Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sagʻbon koʻchasi, 382-uy/ (Telegram: (90) 968-62-08).
Ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
▪️ muallif pasporti (shaxsini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi;
▪️ muallifning manzili va bogʻlanish telefonlari;
▪️ muallifning xizmat (ish) joyi.
Murojaat telefonlari – (55) 511-25-91; (55) 511-25-82.
Tanlov gʻoliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
➖ 1-oʻrin – bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari, diplom;
➖ 2-oʻrin – bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari, diplom;
➖ 3-oʻrin (2 ta) – bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, diplom;
➖ Ragʻbatlantiruvchi mukofot (3 ta) – bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari, diplom.
Tanlov natijalari “Vatanparvar” gazetasi hamda mudofaa.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.
Tanlov gʻoliblari va sovrindorlariga mukofotlar 2025-yilning 30-avgustiga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q