
Jamiyat
13-may kuni Misrda oʻtkazilgan migratsion tekshiruvlarda 5 nafar oʻzbekistonlik ushlangan. Bu haqda Oʻzbekistonning Qohiradagi elchixonasi maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, soʻnggi vaqtlarda Misrda boʻlib turgan koʻplab xorijliklar, jumladan taʼlim olish maqsadida kelganlarga nisbatan mahalliy huquqni himoya qilish organlari tomonidan ularning mamlakatda qonuniy yashashlari yuzasidan faol tekshiruv tadbirlari amalga oshirilgan. 13-may holatiga koʻra, koʻplab xorijliklar qatorida 5 nafar oʻzbekistonliklar mamlakatda boʻlish qoidalarini buzgani uchun ushlab turilgani aniqlangan.
Jarayonda 1 nafar oʻzbekistonlik uning Misr hududida qonuniy asosda boʻlib turganini tasdiqlovchi aniq hujjatlarni taqdim etgach vaqtincha saqlash markazidan chiqarilgan. Qolgan fuqarolar ishi boʻyicha mahalliy qonunchilik doirasida oʻrnatilgan tartibda huquqiy baho berilishi taʼkidlangan.
Elchixona Oʻzbekiston vatandoshlariga Misrda boʻlish qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, mamlakatda harakatlanishi davomida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, yashash uchun ruxsatnoma (iqoma) yoki talabalik kartalarini (universitet, institut va h.k.) doim oʻzlari bilan birga olib yurishlari lozimligini eslatib oʻtgan.
Axborot matnida shuningdek, elchixona tomonidan tegishli tezkor huquqiy yordamni amalga oshirishni taʼminlash maqsadida bu kabi tekshiruv tadbirlari davomida ushlangan fuqarolar yuzasidan Elchixonaga kechiktirmasdan maʼlum qilish tavsiya etilib, bogʻlanish maʼlumotlarini qoldiradi: +20233364516, +20233361723 va Telegram: @shtabegypt).
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q