
Jamiyat
Foto: Kun.uz
Joriy yilning 12-may kuni, soat 03:39 da Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bogʻot tumani “Yuksalish” mahallasi “Obod Vatan” koʻchasidagi 4-uy dahlizining taxminan 10 kv.m tom qismi qulab tushganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar, xususan, hodisa joyiga asteroid tushgani haqida notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.
“Shuni maʼlum qilamizki, hodisa sodir boʻlgan manzilda Ichki ishlar boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Oʻrganishlar davomida hodisa joyida hech qanday fazo jismlari yoki portlash xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan”, deyiladi FVB axborotida.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida xonadonda 2 ta propan gaz ballonlari mavjudligi aniqlangan.
Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida maxsus ekspertiza tayinlangan.
Ekspertiza xulosasiga asosan qoʻshimcha maʼlumot berilishi maʼlum qilindi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q