
Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Yangi ariq” mahallasida yashovchi Tohir Xoʻjamurodov Umra safari uchun yigʻib qoʻygan pullarini boshqa bir savobli ishga sarf qilgani haqida oldinroq xabar qilingandi. Oyina.uz bu haqida toʻliq video-material ham tayyorlagan edi.
Bugun, 13-may kuni Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida boʻlib oʻtgan marosimda mazkur oila “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda yana bir qancha oilalar ushbu koʻkrak nishoniga loyiq koʻrildi.
Mukofotlar Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova, “Nuroniy” jamgʻarmasi Boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Hojimatov hamda Respublika mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov tomonidan topshirildi.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q