Jamiyat
Adliya vazirligi tomonidan fargʻonalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli “Sevilmagan yor kerak menga” nomli sheʼr xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlandi.
Xabarga koʻra, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 (prim-1) moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 177 (prim-1) moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (750 ming soʻm) jarima jazosi tayinlandi.
Oldinroq yana bir shoir Botir Qodirov ustidan shikoyat qilgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
109710
Jamiyat
94093
Jamiyat
89877
Jamiyat
73063
Jamiyat
//
Izoh yo‘q