
Jamiyat
Oʻzgidromet 12–16-may kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, haftaning ish kunlarida Oʻzbekiston boʻyicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat ayrim togʻli hududlarda 12-13-may kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Bugun kunduzi havo harorati +32– +35 daraja atrofida, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +37– +39 darajagacha boʻladi.
Ertadan boshlab respublika hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi. Havo harorati asta-sekin koʻtarilishi kutilmoqda va ish haftasining oxiriga kelib, kunduz kunlari havo +37– +40, baʼzi joylarda +41– +42 darajagacha isiydi.
Shimolda va choʻl hududlarining baʼzi joylarida shamol tezligi 15–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida ham ob-havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Bugun kunduzi harorat +33– +35, 13-14-mayda +35– +38, 15–16-mayda +38– +41 darajada boʻladi. Kechalari harorat +19– +21 darajadan +23– +25 darajagacha koʻtariladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q