
Jamiyat
8–12-may kunlari ingliz tili fani boʻyicha tashkil etilgan nufuzli Xalqaro Ingliz tili olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk ishtirokidayoq yuqori natijalarga erishdi.
Xabarga koʻra, fan musobaqasida 30 ga yaqin mamlakatdan 1500 nafar oʻquvchi (130 jamoa) ishtirok etgan.
Yakuniy natijalarga koʻra:
▪️ Senior yoʻnalishi (11–17 yosh): Bukhara Dynamos jamoasi — 2-oʻrin (jamoa hisobida 9 ta medal) (Mukofot jamgʻarmasi: 1500 AQSh dollar);
▪️ Junior yoʻnalishi (6–10 yosh): “Little champ” (Buxoro) jamoasi (“The Best Community Work: Impact” nominatsiyasida gʻolibi);
▪️ Senior yoʻnalishi (11–17 yosh): Dominion (Fargʻona) jamoasi 150 ta jamoa orasida eng yaxshi ijodiy ishlardan biri sifatida tan olindi.
Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqa yakunida eng kuchli TOP-3 jamoa qatoridan joy olgan va xalqaro miqyosda oʻz salohiyatini namoyish etgan.
Umumiy natijalar 9 ta kumush medali hamda 6 ta kubokni tashkil etgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q