Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Saqlash
09:41 / 08.05.2025 66 0

Mehnat kodeksining 187-moddasiga koʻra, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

 

Ertaga 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”. Bu kunda hamma dam oladi. Yuqorida keltirilgan normaga binoan, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonunan haqli hisoblanadi.

 

Masalan, kechki soat 18:00 gacha ishlaydiganlar bemalol 17:00 da ishini yakunlashi mumkin.

 

Maʼlumot uchun, mazkur tartibda ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirishning imkoni boʻlmasa, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlar, shuningdek, ayrim turdagi ishlarda xodimga ortiqcha ishlaganlik uchun qoʻshimcha dam olish vaqti beriladi yoki uning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun (belgilangan normalar boʻyicha) kompensatsiya puli toʻlab beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//