8 ta viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi

Saqlash
16:54 / 07.05.2025 66 0

Oʻzgidromet bergan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 8–11-may kunlari kutilayotgan yomgʻir sabab respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida, jumladan:

 

▪️ Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

 

▪️ Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobod tumanlarida;

 

▪️ Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

 

▪️ Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

 

▪️ Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

 

▪️ Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

 

▪️ Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

 

▪️ Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻralmoqda.

 

Xabarga koʻra, respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//