
Jamiyat
Videoselektor yigʻilishida tibbiyot xodimlari olayotgan oyligi haqida toʻxtalib oʻtildi.
Taʼkidlanishicha, poliklinikalarda oilaviy shifokorning bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar boʻladi. Agar oilaviy shifokor va hamshira malaka sertifikati olsa, yana shuncha ustama toʻlanadi.
Bundan tashqari, ular mahallada yurib, surunkali kasali borlarga vaqt ajratsa, ularni kasallik bilan yashash va uni boshqarishga oʻrgatsa, onkologik, diabet, insult, infarkt kabi kasalliklarni erta aniqlab, ogʻir asoratlarning oldini olsa, bularning hisobiga tez yordam va statsionarga murojaatni qisqartirsa, shifokorga yana 500 dollar, hamshiraga esa qoʻshimcha 300 dollar beriladi.
“Bir soʻz bilan aytganda, oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz. Bu orqali biz shunchaki oylikni emas – inson qadrini oshirgan boʻlamiz. Lekin, natija ham shunga yarasha boʻlishi kerak”, dedi Prezident.
Taʼkidlanishicha, endi mahallada bitta boʻlsa ham infarkt, insult, onalar va bolalar erta oʻlimi, surunkali kasallik tufayli orttirilgan nogironlik favqulodda holat deb qabul qilinadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q