
Jamiyat
Prezident rahbarligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida tibbiy sugʻurtani joriy qilish surunkali surilib kelayotganini keskin tanqid qilindi.
Jumladan, Toshkent shahrida oʻtgan yili, Qoraqalpogʻiston, Navoiy, Samarqand, Fargʻona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi.
Sugʻurta jamgʻarmasi mazkur jarayonda faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani koʻrsatib oʻtildi.
“Belgilangan islohotlarimiz qanchalik toʻgʻri boʻlmasin, tizim raqamlashmasa, kutilgan natijaga erisha olmaymiz”, dedi davlat rahbari.
Yigʻilishda, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tizimni toʻliq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy “elektron retsept”ni ham ishga tushira olmagan mutasaddilarni ham tanqid qilib, “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”ni joriy etishda jiddiy oqsoqliklar borligi taʼkidladi.
“Vazirlik rahbarlari dunyoqarashini oʻzgartirib, fidoyi boʻlmasa, masʼuliyatni his qilib, soʻrovni kuchaytirmasa, islohotlar mahallagacha yetib bormaydi”, dedi davlatimiz rahbari.
Yigʻilishda yoʻl qoʻyilgan kamchilik va xatolar uchun sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosarlari D.Sultonov, F.Sharipov lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi.
Vazirning yana bir oʻrinbosari O.Omonov esa ogohlantirildi. Unga 6 oylik muddat belgilandi. Agar Omonov raqamlashtirishda oʻzgarish qilmasa, ishdan olinishi aytildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q