
Jamiyat
Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, yerosti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, yerosti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yerosti suvlaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish, yerosti suvlaridan foydalanish uchun quduqni qonunga xilof ravishda burgʻilash maʼmuriy chora koʻrilishiga sabab boʻladi.
Jumladan, ushbu xatti-harakatni bajargan fuqarolarga BHMning 6 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 250 ming soʻmdan 5 mln 675 ming soʻmgacha), agar huquqbuzar mansabdor shaxs boʻlsa, 15 baravaridan 20 baravarigacha (5 mln 675 ming soʻmdan 7,5 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solinishiga sabab boʻladi.
Maʼlumot uchun, bundan jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari, shu jumladan, tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno.
Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra esa, yerosti suv manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olinganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
Mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr/kubgacha boʻlgan hajmda yerosti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yangi tartib qonun eʼlon qilinganidan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q