Sunʼiy intellekt tufayli zamonaviy kasblardan biri juda tez “qulamoqda”

Saqlash
15:50 / 06.05.2025 173 0

2025-yil boshidan buyon butun dunyo boʻylab 52 mingdan ortiq IT mutaxassislari ishdan boʻshatildi.

 

 

World Economic Forum'ning soʻroviga koʻra, kompaniyalarning 41 foiziga yaqini besh yil ichida ishchi kuchini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu asosan sunʼiy intellekt taʼsirining tobora kuchayib borishi bilan bogʻliq.

 

Koʻplab kompaniyalar ishdan boʻshatishlarni quyidagi omillar bilan izohlamoqda:

▪️ Sunʼiy intellekt (AI) va avtomatlashtirish – AI va avtomatlashtirish texnologiyalarining rivojlanishi natijasida baʼzi lavozimlar keraksiz boʻlib qolmoqda.

 

▪️ Tashkiliy qayta tuzilish – kompaniyalar oʻz faoliyatlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish maqsadida tashkiliy tuzilmalarda oʻzgarishlar qilmoqda.

 

▪️ Iqtisodiy bosimlar – inflyatsiya, iqtisodiy noaniqliklar va boshqa makroiqtisodiy omillar kompaniyalarni xarajatlarni kamaytirishga majburlamoqda.

 

Quyida yil boshidan beri yirik kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan ishdan boʻshatishlar miqdori keltirilgan:

 

 

2025-yilning dastlabki oylarida AI sababli yuz berayotgan ishdan boʻshatishlarning ortib borishi qachongacha davom etishi nomaʼlum, biroq shunisi aniqki, IT mutaxassislari uchun endi mehnat bozorida yanada kuchli raqobatchi paydo boʻlmoqda. U taklif qilayotgan qulayliklar esa bu sohada inson omilining kamayishiga olib kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//