Dunyodagi eng qimmat TOP-5 kitob

Saqlash
12:44 / 06.05.2025 212 0

Dunyoda qiymat jihatidan yuqori baholanadigan kitoblar koʻp. Ularning ayrimlari noyobligi bilan, boshqalari esa qadimiyligi bilan yuqori qimmatga ega.

 

Quyida narxi bebaho deb aytiladigan kitoblar teskari ketma-ketlikda koʻrsatilgan:

 

5-oʻrin: “Gutenberg Bibliyasi”

 

 

Bu noyob kitob 1987-yilda 5,4 mln dollarga sotilgan(hozirgi hisobda 69 mlrd 876 mln soʻm). U Gutenbergning birinchi bosma Injili boʻlib, 1455-yilda birinchi toʻliq bosma kitob shaklida tayyorlangan. Qimmatbaho meros hozirda “Gutenberg Bibliyasi” yoki “42 satrli Bibliya” deb ataladi.

 

Kitob lotin tilida chop etilgan va uning tashqi koʻrinishi oʻquvchilar bosma dastgohning ilk mahsulotini ishonch bilan, odatiy tarzda qabul qilishi uchun oldingi davrlardagi qoʻlyozma kitoblarga oʻxshatib ishlangan.

 

4-oʻrin: “Amerika qushlari”

 

 

Kitob 2010-yili 11,5 million dollarga sotilgan(hozirgi hisobda 148 mlrd 810 mln soʻm). Shimoliy Amerika qushlarining tabiiy oʻlchamdagi rasmlari bilan bezatilgan ushbu kitob amerikalik tabiatshunos olim Jon Jeyms Adyubon qalamiga mansub boʻlib, 1827-yildan 1838-yilgacha Edinburg va Londonda boʻlib-boʻlib chop etilgan. Kitobda 489 ta turga mansub 1065 ta qush tasvirlangan.

 

3-oʻrin: “Genrix Arslon Xushxabari”

 

 

Kitob 1983-yilda Sotbis kim oshdi savdosida 11,7 million dollarga sotilgan(hozirgi hisobda 151 mlrd 398 mln soʻm). U taxminan 1188-yilda Saksoniya va Bavariya gersogi Genrix Arslon (1129–1195) buyrugʻi bilan Brunsvik soboridagi Bibi Maryam qurbongohi uchun qilingan Injil qoʻlyozmasi boʻlib, XII asrga tegishli kitoblarning eng durdonasi sanaladi.

 

Kitob oltinga boy naqshlari, batafsil miniatyuralari va murakkab bezaklari bilan ajralib turadi.

 

2-oʻrin: “Beyzerskiy psaltiri”

 

 

Hozirgacha 11 ta nusxasi saqlanib qolgan bu kitobning har biri qariyb 184 mlrd soʻm turishi mumkin. Masalan, 2013-yilda ana shu nusxalardan bittasi Sotbis auksionida 14,2 million dollarga sotilgan.

 

Britaniyaning Shimoliy Amerikasida chop etilgan birinchi kitob sanaluvchi “Beyzerskiy psaltiri” (plastir – Zabur) puritan ruhoniylari tomonidan Dovud sanolarining ingliz tilidagi tarjimasi ham deyiladi.

 

1-oʻrin: “Lester kodeksi”

 

 

U 30,8 mln dollarga sotilgan(hozirgi hisobda 398 mlrd 552 mln soʻm). Leonardo da Vinchining ilmiy yozuvlar va rasmlar tushirilgan daftari hisoblanuvchi bu kitob charm muqovali boʻlib, bor-yoʻgʻi 29x22 oʻlchamga ega va 36 varaqdan iborat.

 

Unda muallifning astronomiya, suv va toshlarning xususiyatlari, havo va osmon yorugʻligi haqidagi kuzatish va nazariyasi tushirilgan koʻplab rasmlari hamda diagrammalari ilova qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//