Madaniyat
Parkent ijod uyida Oʻzbekiston xalq baxshisi Baxshiqul Togʻayev tavalludining 65-yilligiga bagʻishlangan “Baxshili el – botir el” xalqaro baxshilar qurultoyi oʻtkazildi.
“Alpomish media” hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida uyushtirilgan tadbirda Yoqutiston, Qirgʻiziston, Tatariston, Qozogʻiston, Turkmanistondan kelgan hamda oʻzbek va qoraqalpoq baxshilari, oqinlar, manaschilar, jirov va hofizlar qatnashdi.

.jpg)
Ular tomonidan turkiy xalqlar etnomadaniy merosining noyob durdona asarlari sirasiga kiruvchi qahramonlik dostonlari, aytishuvlardan namunalar ijro etildi. Yakunda ishtirokchilarga homiylar tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.
.jpg)
Maʼlumot uchun, tavalludining 65 yilligi nishonlangan Baxshiqul Togʻayev Oʻzbekiston xalq baxshisi, II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali sovrindori, koʻplab respublika va xalqaro tanlovlar gʻolibi, davlat mukofotlari sohibi hisoblanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111597
Jamiyat
94637
Jamiyat
90623
Jamiyat
75092
Jamiyat
//
Izoh yo‘q