Ilm-fan
Oʻzbekistonda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini himoyalash maqsadida zamonaviy kommunikatsion dasturlar hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratadi. Bu haqida “Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasida soʻz boradi.
Unga koʻra 2022-yil dekabrga qadar milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish ishlari olib boriladi. Bunda:
– sohaning yetuk mutaxassislari va yirik tadbirkorlarni milliy kommunikatsiya platformalarini yaratishga jalb qilish;
– maʼlumotlarni uzatish va qayta ishlashning zamonaviy talablariga mos dasturiy taʼminot va texnik vositalar bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.
Shuningdek, AKT sohasida milliy mahsulot yaratish tizimini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ham amalga oshiriladi. Bunda yaratilgan dastur hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni auditoriyasining qamrovi ortishiga qarab soliq imtiyozlarni berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari, milliy kommunikatsiya platformalarini aholi orasida ommalashtiriladi. Bunda:
– milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni zamonaviy dizayn hamda texnik talablar asosida yangilab borishni yoʻlga qoʻyiladi;
– aholi oʻrtasida milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni targʻiboti boʻyicha amaliy choralar koʻriladi;
– fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlanadi.
Мilliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish ishlariga Axborot texnologiyalari vazirligi va “Kiberxavfsizlik” DUK masʼul etib belgilangan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q