Jamiyat
Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Jumladan, kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, endi davlat mulki boʻlgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.
Shuningdek, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga binoan, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Shu bilan birga, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga boʻlinishi koʻzda tutildi.
Hujjatda yozilishicha, botanika bogʻlari ham muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida oʻsimlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111750
Jamiyat
94660
Jamiyat
90653
Jamiyat
75235
Jamiyat
//
Izoh yo‘q