“Work and travel” dasturlarida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi

Saqlash
15:23 / 05.05.2025 86 0

2025-yilning 15-mayidan boshlab Hukumat qarori bilan “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish tartibi joriy etiladi.

 

Bunda ssuda BHMning 40 baravari (15 mln soʻm) miqdorida boʻlib, qarz har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlar uchun ajratiladi.

 

Shu hisobda endi talabalar taʼtil davrida Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

Bundan tashqari, ular haftasiga 30-40 soat ishlash orqali bir mavsumda oʻrtacha 3-7 ming dollargacha daromad topishi mumkin boʻladi.

 

Maʼlumot uchun, dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan talaba yoshlar (kunduzgi, kechki yoki sirtqi) ishtirok eta oladi.

 

Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

 

Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan soʻng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//