
Jamiyat
Foto: Daryo
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysundagi konda yana gaz otilgani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Energetika vazirligining bergan izohiga koʻra, holat bugun, 5-may kuni, soat tonggi 6:10 da “Mustaqillik-25” konidagi 202-quduqda kuzatilgan.
Unda tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gaz katta bosim bilan otilib chiqqan va natijada fontanlanish holati qaytalangan.
Taʼkidlanishicha, tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gaz tarqalishining oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborilgan.
Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga toʻliq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.
“Hodisa sodir boʻlgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan oʻrab qoʻyilgan va hozirgi vaqtda ushbu hudud Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda”, deyiladi xabarida.
Vazirlik yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tugʻdirmasligini maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, 2025-yil 27-mart kuni mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori boʻlgan gazning chiqishi qayd etilgan edi. Ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida quduq nazorat ostida yoqib qoʻyilgan. 22-aprel kuni quduq oʻqining gʻovlanib tushgani va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish toʻxtagan. Hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgandi.
Avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda.
Xabarda har bir holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berib borilishi aytiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q