
Jamiyat
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish markazi Oʻzbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi shu yilning 13-mayidan boshlanishini eʼlon qildi.
Xabarga koʻra, mazkur sanadan to 28-mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Ziyoratchilar 9 ta hudud — Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga toʻgʻridan toʻgʻri uchadi.
Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Haj tadbirlarini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda:
▪️ Ziyoratchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi;
▪️ Emlash ishlari olib borildi;
▪️ Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi;
▪️ Safar oldidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi;
▪️ Hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, har bir ziyoratchiga “Haj – buyuk ibodatdir” qoʻllanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, SIM-karta va quvvatlagich taqdim etilmoqda.
Shu bilan birga, ayni paytda guruh rahbarlari ziyoratchilar bilan Haj amallari boʻyicha suhbatlar olib bormoqda.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida esa Haj amallari haqidagi suhbatlar, tavsiyalar va maqolalar berib borilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q