Jahon
Tolibon harakati sabab Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi Tokio-2020 da afg'onistonlik ayol sportchining ishtirok etmasligini ma'lum qildi.
Xalqaro Paralimpiya o'yinlari tarixida ilk bor afg'on ayol sportchisi ishtirok etishi kutilayotgan edi. Ayni damda Afg'oniston poytaxti Kobul Toliblar qo'lida va harakat xalqaro munosabatlar o'rnatish hamda yangi hukumat tuzish niyatida ekanini rasman e'lon qildi. Poytaxt aeroporti tijorat reyslari uchun yopiq, lekin minglab odamlar mamlakatni tark etishga mahtal bo'lib turibdi. Betartiblik va terror natijasida yuzlab odamlar qurbon bo'lgan.
Zakiya Xudadadi mamlakatning birinchi ayol paralimpiyachisi bo'lishi mumkin edi, ammo mamlakatdagi tahlikali vaziyatda bu mutlaqo imkonsiz. Shunday qilib, Xudadadiy Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Tolibon ayollar sportini islomiy emas deb hisoblaydi va harakatning hokimiyatga qaytishi Afg'onistonda ayollar sporti uchun halokatli bo'lishi mumkin.
Harakat tasarrufiga o'tgan ba'zi hududlardagi ishchi ayollarga o'z ish joylariga qaytmasliklari, boshqalarda esa ayollar uydan chiqsa, burka kiyib yurishlari kerakligi va ularga erkak kishi hamrohlik qilishi kerakligi aytilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q