
Jamiyat
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida 27-iyun kuni “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi oʻtkazilishini maʼlum qildi.
Bunda asosiy mukofotlar yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlanadi. Bundan tashqari, tanlov Bosh milliy mukofoti sohibiga maxsus diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va yengil avtomobil tantanali ravishda topshiriladi.
Nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar esa quyidagicha mukofotlanadi:
▪️ 1-oʻrinni uchun – diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 200 barobari miqdorida pul (75 mln soʻm);
▪️ 2-oʻrin uchun – diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 175 barobari miqdorida pul (65 mln 625 ming soʻm);
▪️ 3-oʻrin uchun – diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 150 barobari miqdorida pul (56 mln 250 ming soʻm).
Nominatsiyalar:
Televideniye yoʻnalishi boʻyicha:
➖ Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar);
Radio yoʻnalishi boʻyicha:
➖ Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-,2-,3-oʻrinlar);
Bosma nashrlar yoʻnalishi boʻyicha:
➖ Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar);
Internet nashrlari yoʻnalishi boʻyicha:
➖ Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-oʻrinlar).
Bundan tashqari, chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi oʻrin, 4 ta ikkinchi oʻrin (TV, radio, bosma va internet nashrlari yoʻnalishlari boʻyicha).
Shuningdek, 12 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiya joriy etiladi (tanlovning ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari boʻyicha qoʻshimcha eʼlon beriladi).
Tanlovda har bir ishtirokchining 2024-yil 30-apreldan 2025-yil 30-aprelgacha bosma va internet nashrlarida eʼlon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari koʻrib chiqiladi. Agar ijodiy jamoa – gazeta tahririyati tanlovda qatnashadigan boʻlsa, gazetaning 5 tadan 7 tagacha sonini, tele- yoki radiokanal jamoasi tanlovda ishtirok etadigan boʻlsa, 5 tadan 7 tagacha eng yaxshi koʻrsatuv yoki eng yaxshi eshittirishning elektron varianti (yoxud havolasi) ilova qilinadi.
“2024-yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” ragʻbatlantiruvchi nominatsiyasi boʻyicha tanlovda qatnashish istagida boʻlganlar esa Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:
▪️ muallif va uning professional faoliyati toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumot (obyektivka);
▪️ muallifning pasport yoki ID-karta nusxasi, telefon raqami;
▪️ jamoaviy ishtirok etuvchi OAVning roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi va tashkilot rahbarining pasport yoki ID-karta nusxasi.
Ijodiy ishlar Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlari, Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari orqali, shu bilan birga, mualliflardan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron shaklda (tanlov matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab) joriy yilning 25-mayiga qadar qabul qilinadi.
▪️ matbuot yoʻnalishi boʻyicha ijodiy ishlar gazeta yoki jurnalda eʼlon qilingan materiallarning nusxasi (pdf formatda);
▪️ internet nashrlari boʻyicha materiallarning havolasi (link, havola) koʻrsatilgan holda;
▪️ televideniye boʻyicha videomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha) Telegram formatda (annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
▪️ radio yoʻnalishi boʻyicha audiomateriallar (3 daqiqadan 30 daqiqagacha, annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan);
▪️ ragʻbatlantiruvchi nominatsiya – fotojurnalistika boʻyicha ijodiy ishlar (jpeg, tiff va png formatda annotatsiyasi, qisqacha mazmuni bayoni bilan) taqdim qilinishi shart.
Materiallar Jurnalistlar uyushmasining 99-466-10-25 raqamiga ochilgan Telegram hisobiga yuborilishi soʻraladi.
Xabarga koʻra, bu yildan boshlab “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayramiga bagʻishlab tashkil etiladi.
Tanlov gʻoliblari ushbu sana munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tadbirida tantanali ravishda taqdirlanadi.
Murojaat uchun telefonlar:
▪️ 71 244-37-87;
▪️ 71-244-64-62.
Maʼlumot uchun, “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, Yangi Oʻzbekiston ruhiga mos yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, milliy kontentni boyitish, yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, odamlarning ong-u tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilib kelinadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q