
Jamiyat
Bolalar ombudsmani Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda respublika hududlarida bolalarni tilanchilikka jalb qilish kabi salbiy holatlarni tizimli ravishda tahliliy oʻrganib bormoqda.
Maʼlum boʻlishicha, bolani mazkur gʻayriijtimoiy faoliyatga jalb qilgan ayrim ota-onalar tilanchilikni muntazam ravishda oʻziga kasb qilib olganligi, ayrim oilalar ijtimoiy ahvoli ogʻirligi yoki ikkala ota-onaning ish bilan band emasligini koʻrsatmoqda.
“Achinarlisi, aniqlangan koʻp holatlarda tilanchilikka jalb qilingan bolalar majburiy boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim doirasidan tashqarida qolgan. Bunga yoʻl qoʻygan ota-onalarga qonunda koʻzda tutilgan tegishli javobgarlik choralari qoʻllanilgan”, deyiladi xabarda.
Oʻrganish natijasida aniqlangan bolalarning kelgusida takroran tilanchilikka jalb qilinmasligi uchun hududlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari manzilli ishlash orqali ular mansub boʻlgan oilalarning ijtimoiy yordamga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi. Shuningdek, mazkur markazlar ota-onalarning bolaga gʻamxoʻrlik koʻrsatishiga ham baho beradi.
Xususan, ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan oilalar monitoringi olib borilib, ular uchun zaruriy ijtimoiy xizmat hamda yordamlar tashkil etiladi. Eng muhimi esa bolalarning taʼlim huquqini taʼminlash choralari koʻriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q