
Jamiyat
Oʻzgidromet 4-maygacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Fargʻona vodiysida, shuningdek, togʻoldi va togʻli hududlarning baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Havo harorati +29– +32 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda +33– +35 darajada boʻladi.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati koʻtarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo +33– +35 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda +37– +39 darajagacha isiydi.
“Bunday harorat may oyining boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun koʻproq xosdir”, deyiladi xabarda.
Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarining ayrim joylarida 13–18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi hududlarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 2–4-may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat +29– +31 daraja, shanba va yakshanba kunlari +32– +35 darajada boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q