
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan yigʻilishda Xorazmda turizm rivojlanishiga eng katta toʻsiq transport ekanini qayd etdi.
Xabarga koʻra, Urganchga Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya va Fransiyadan aviaqatnovlar qoʻyilgani natija bergan, lekin reys yoʻqligi uchun Germaniya, Xitoy, arab davlatlaridan minglab turist yoʻqotilmoqda.
Shu sababli ham mutasaddilarga Frankfurt, Urumchi, Pekin, Abu-Dabidan toʻgʻridan-toʻgʻri reys qoʻyish taklifini kiritish, turistik mavsumda Istanbuldan kunlik qatnovni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Taʼkidlanishicha, Urganch aeroporti Koreyaning Inchxon aeroportiga xususiy sheriklikka berilmoqda. Ushbu aeroport milliy meʼmorchilik anʼanalariga mos holda rekonstruksiya qilinadi.
Masʼullarga ishlar boshlanishini kutib oʻtirmasdan, Koreya aviakompaniyalarini jalb qilish, samolyot va aeroportdagi servis xodimlarini malaka oshirish uchun Koreyaga yuborishni boshlash, yangi oʻquv yilidan Xorazmdagi transport va servis texnikumlarida Koreya tajribasi asosida kadr tayyorlashni yoʻlga qoʻyish topshirigʻi berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q