II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni maʼlum qilindi

Saqlash
09:45 / 02.05.2025 138 0

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar sini 82 nafarni tashkil qiladi. Ularning eng ulugʻi hozirda 114 yoshni qarshilagan.

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston urushda qozonilgan gʻalabaga salmoqli hissa qoʻshgan. Oʻsha davrda respublika aholisi 6,5 mln nafar boʻlgan boʻlsa, shundan 1 mln 951 mingdan ortiq inson frontga joʻnatilgan. Ularning 538 ming nafari jangda halok boʻlgan.

 

Mamlakat hududida 280 ta yangi korxona barpo etilgan, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston 1,5 mln nafardan ortiq evakuatsiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming nafar yetim bolani bagʻriga olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//