Sayyohlik agentliklari faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

Saqlash
10:13 / 01.05.2025 47 0

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qabul qilindi.

 

Davlat xizmatlari agentligi xabariga koʻra, ushbu qonun bilan 13 turdagi litsenziya va ruxsatnoma talabi bekor qilinmoqda. 3 turdagi litsenziya xabarnoma shakliga oʻtkazilmoqda.

 

Jumladan, endi turizm agenti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibi bekor qilinib, uning oʻrniga turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.

 

Taʻkidlanishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

 

Endilikda qonun loyihasi Senat tomonidan maʻqullanishi va prezident tomonidan imzolanishi lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//