“Sustxotin qo‘shig‘i” filmi Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro festivalning ikki nominatsiyasini qo‘lga kiritdi

Saqlash
19:15 / 30.04.2025 168 0

goEast 2025: Markaziy va Sharqiy Yevropa filmlari festivalida o‘zbekistonlik iste’dodli rejissor Husnora Ro‘zmatovaning “Sustxotin qo‘shig‘i” filmi ikkita nominatsiyada g‘olib deb topildi.

 

 

 23-29-aprel kunlari Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro film festivalida O‘zbektelefilm buyurtmasi bilan suratga olingan “Sustxotin qo‘shig‘i” filmi “Xalqaro hakamlar hay’atining alohida e’tirofi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, kartina nemis tilida so‘zlashuvchi uch mamlakat telekanallarida efirga uzatishni nazarda tutuvchi “3sat Broadcast Selection” nominatsiyasi g‘olibiga aylandi. Endi ushbu film Avstriya, Vengriya, Germaniya telekanallari tomonidan sotib olinib, namoyish etiladi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, Husnora Ro‘zmatovaning shu kungacha “Baxtsiz kuyov”, “Repetitsiya” kabi filmlari ham xalqaro e’tiroflarga sazovor bo‘lgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//