Talabalar eng koʻp sodir etgan jinoyat turlari ochiqlandi

Saqlash
15:12 / 30.04.2025 371 0

29-aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, oʻquvchilar tarbiyasi, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish tashkil etildi.

 

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda Prokuratura tomonidan bir qator maʼlumotlar ochiqlandi. Jumladan, yoshlar va talabalar orasida jinoyatchilik avvalgi yilga nisbatan keskin ortgani maʼlum qilindi.

 

Misol uchun, 2025-yilning birinchi choragida poytaxtdagi yoshlar tomonidan 460 ta jinoyat sodir etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foizga yuqoridir (2024-yilning birinchi choragida bu raqam 329 tani tashkil etgan). Talabalar orasida esa ushbu koʻrsatgich 7,8 foizga koʻpaygan.

 

Bundan tashqari, talabalari eng koʻp jinoyat sodir etayotgan poytaxtdagi oliy taʼlim muassasalari nomlari ham aytildi. Bular:

▪️ 1-oʻrin: Toshkent davlat transport universiteti — 27 nafar;

▪️ 2-oʻrin: Toshkent davlat texnika universiteti — 21 nafar;

▪️ 3-oʻrin: Oʻzbekiston Milliy universiteti — 20 nafar;

▪️ 4-oʻrin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 19 nafar;

▪️ 5-oʻrin: Toshkent davlat yuridik universiteti — 12 nafar.

 

Nodavlat OTMlar kesimida esa, quyidagicha:

▪️ 1-oʻrin: ISFT — 23 nafar;

▪️ 2-oʻrin: Alfraganus universiteti — 20 nafar;

▪️ 3-oʻrin: Kimyo xalqaro universiteti — 19 nafar.

 

Maʼlumotga koʻra, poytaxtda tahsil olayotgan talabalar tomonidan eng koʻp sodir etilayotgan jinoyatlar quyidagicha keltiriladi:

▪️ Yoʻl transport hodisasi — 72 ta;

▪️ Oʻgʻirlik — 57 ta;

▪️ Giyohvandlik — 46 ta;

▪️ Tan jarohati — 41 ta;

▪️ Bezorilik — 24 ta;

▪️ Bosqinchilik — 11 ta;

▪️ Qotillik — 5 ta;

▪️ Talonchilik — 5 ta;

▪️ Nomusga tegish — 2 ta;

▪️ Boshqa — 48 ta.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//