Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik miqdori oshdi

Saqlash
15:33 / 29.04.2025 136 0

Milliy statistika qoʻmitasi oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yillar boʻyicha oʻzgarishi dinamikasini taqdim qildi.

 

Unga koʻra, mamlakatda 2025-yil yanvar-mart oylarida oʻrtacha oylik ish haqi 5 mln 796,1 ming soʻmni tashkil etgan. Bu esa oʻrtacha ish haqi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,0 foizga oʻsganini anglatadi.

 

 

Oʻrtacha oylikning hududlar boʻyicha toʻlanishi quyidagicha:

 

 

Bunda xodim uchun oʻrtacha maoshni kattaroq toʻlaydigan hudud Toshkent shahri etib koʻrsatilgan. Poytaxtda bir xodimga oʻrtacha 9 mln 889,1 ming soʻm ish haqi beriladi (oʻtgan yilgiga qaraganda oʻsish 22,7 foiz).

 

Oʻrtacha ish haqida kam hudud esa Qashqadaryo viloyati boʻlib, vohada bir xodim uchun oʻrtacha 4 mln 79,8 ming soʻm oylik beriladi.

 

Oʻrtacha maoshning miqdor jihatidan koʻp toʻlanishi sohalarga qarab ham farq qiladi. Masalan, bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida ishlovchilar oʻrtacha qariyb 16 mln soʻm oylik oladi.

 

Ikkinchi oʻrindan axborot va aloqa sohasida ishlovchilar joy olgan – 14 mln 818,4 ming soʻm.

 

Oʻzbekistonda oʻrtacha oyligi eng kam boʻlgan soha vakillari sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari hisoblanadi. Ularga oʻrtacha 3 mln 626,1 ming soʻm oylik toʻlanadi.

 

Hisobotga koʻra, Ayrim sohalarda ishlovchi xodimlarning oʻrtacha oyligi ayni vaqtda hisoblab chiqilgan oʻrtacha ish haqidan ham past. Bular:

▪️ sanʼat, koʻngil ochish va dam olish tarmogʻi boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasi

▪️ taʼlim sohasi;

▪️ yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasi;

▪️ sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//