Pedagogika yoʻnalishida sirtqi taʼlim tugatildi

Saqlash
12:39 / 29.04.2025 172 0

Prezident farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.

 

Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti boʻladi.

 

Yangi oʻquv yilidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda universitetning xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlarida dars berish uchun professor-oʻqituvchilarni tanlab olish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

2026/2027-oʻquv yilidan esa alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

 

2025/2026-oʻquv yilidan pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida qabul faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etiladi. Sirtqi taʼlim shakliga esa qabul amalga oshirilmaydi.

 

Farmonga koʻra, oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

 

2026-yil 1-sentyabrdan respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

 

Shuningdek, farmon bilan 13 ta pedagogika oliygohlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladigan boʻldi:

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//