
Jamiyat
16-aprel kuni Toshkent shahar Nukus koʻchasida Husnora Shodiyeva boshqaruvida boʻlgan Equinox avtomobili yoʻlning 3 va 4-qatorini yopib qoʻyib, sunʼiy tirbandlik hosil qilgan. Bu esa 4-qatordan harakatlanishi kerak boʻlgan boshqa haydovchilarning noroziligiga sabab boʻlgan.
Mazkur hududda xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimi avtomobil haydovchisiga tushuntirish berib, oldinga harakatlanishni soʻragan.
Husnora Shodiyeva ushbu holat boʻyicha keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilgan. U “YPX xodimi nega uni haqoratlaganini va uning ismini bilish maqsadida orqaga burilib qaytganida xodim ketib qolganini” bildirgan.
“Shunchaki oʻz qatorimga oʻtib, yashil chiroq yonishini kutayotgan edim. Shu payt kimdir menga baqirganini eshitib qoldim. Boshimni burganimda u yerda YPX xodimi turib, meni haqoratli soʻzlar bilan soʻkayotgan ekan”, degan teleboshlovchi.
Toshkent shahar IIBB holatga oydinlik kiritdi. Munosabatda ushbu voqea qatnashchisi boʻlgan YPX xodimi hech qanday haqoratli gap aytmaganini, shovqinli joy boʻlgani, yoʻlning narigi tomonida turgani uchun baqirib tushuntirishga harakat qilganini aytdi.
“Musiqasi baland holda mashina ichida raqsga tushib oʻtirgan ekan. Men ishora berganimdan soʻng eʼtibor berib, qaradi. Men musiqangizni pasaytiring, eshitmayapsiz meni, yursangiz-chi, dedim. Oramizdagi masofa uzoq boʻlgani uchun men baland gapirishga majbur boʻldim. Shu orada svetofor yashil yonib, transport vositalari qoʻzgʻalib, uning transport vositasi ham qoʻzgʻalib ketdi. Men tomonimdan Equinox haydovchisiga nisbatan hech qanday haqoratli gap ishlatilgani yoʻq. Qonun doirasida xizmat olib bordim”, deya voqeani soʻzlab berdi YPX xodimi.
Poytaxt IIBB holat yuzasidan tekshiruv harakatlari oʻtkazilayotgani, yakuniga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishini maʼlum qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q