
Jahon
Shvetsiyaning Lund universiteti olimlari goroskoplarga ishonish bezarar odat emasligini isbotladi.
Personality and Individual Differences jurnalida chop etilgan tadqiqot astrologiyaga ishonch, aql darajasi va shaxsiy xususiyatlar oʻrtasidagi munosabatni oʻrganishga qaratilgan edi.
264 nafar ishtirokchi qatnashgan eksperimentda respondentlarning astrologiyaga ishonch va aql darajasi, shu bilan birga, shaxsiy xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan onlayn soʻrovnoma oʻtkazilgan.
Albatta, tadqiqot natijasi kishini hayratlantiradi. Maʼlum boʻlishicha, aqliy darajasi bilan astrologiyaga ishonch oʻrtasida bogʻliqlik mavjud ekan. Xususan, tadqiqotda IQ sinovidan yuqori ball olgan ishtirokchilar astrologiyaga kamroq ishonishlari aniqlangan. Bundan shunday xulosa chiqadiki, yuqori kognitiv qobiliyatga ega shaxslar astrologik bashoratlarga kamroq moyil boʻladi.
Aksincha, kishi astrologiyaga qanchalik kuchli ishonsa, uning intellektual salohiyati shunchalik past boʻladi.
Ajablanarli tomoni shundaki, narsistik xususiyatli insonlar (oʻziga qattiq ishongan, lekin tanqidiy fikrlay olmaydigan) astrologiyaga haddan ortiq ishonar ekan. Isbot uchun aytish lozim, bunday odamlar tadqiqot soʻrovnomasida yuqori koʻrsatkich qayd etgan. Bu, ehtimol, astrologiya va narsissizm oʻrtasida qandaydir bogʻliqlik borligini anglatar.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, astrologiya zararli koʻrinmasa ham, u tanqidiy fikrlashga putur yetkazishi, psixologik gipnozlar va fitna nazariyalariga moyillikni oshirishi mumkin.
Xulosa qilinadigan boʻlsa, astrologiyaga boʻlgan ishonch koʻpincha taʼlim darajasi past boʻlgan odamlarda koʻproq uchraydi. Bunday odamlar esa Barnum effekti qurboni boʻladi.
Eslatma! Astrologiya – astronomik hodisalar va odamlar dunyosidagi voqealar orasida aloqa bor, degan ishonchlar majmui.
Eslatma! Barnum effekti – bu, odam umumlashgan shaxs tavsifini aynan oʻziga tegishli deb hisoblashi. Yaʼni bunda kishi umumiy va noaniq taʼriflarni eshitayotgan boʻlsa-da, aytilgan “xususiyat”larni oʻzida koʻradi va ularni shaxsan oʻziga tegishli deb oʻylaydi.
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q