Hafta davomida ayrim viloyatlarda yomgʻir yogʻadi

Saqlash
11:23 / 28.04.2025 68 0

Foto: Umid Normuratov

 

Oʻzgidromet 2-maygacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning eng shimolida, Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomgʻir yogʻishi mumkin.

 

Respublika hududining katta qismida yoz kabi harorat +35– +38 darajagacha koʻtariladi.

 

Seshanba va chorshanba (29-30-aprel) kulari havo harorati pasayadi. Jumladan, chorshanba kunida +25– +30 darajani tashkil etadi.

 

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana koʻtarila boshlaydi. Ish haftasining oxiriga kelib havo +30– +33 darajagacha isiydi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 29-aprel kuni harorat +15– +20 daraja atrofida (eng salqin kun) boʻladi, soʻng asta-sekin +28– +30 darajagacha koʻtariladi.

 

Mamlakat hududining katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 29-30-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda, 1-2-may kunlari esa Fargʻona vodiysining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 28–30-aprel kunlari baʼzi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-toʻzonlar boʻlishi kutiladi.

 

Toshkent shahrida 28–30-aprel va 1-2-may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat +36– +38, seshanba kuni +31– +33, chorshanba kuni +26– +28 darajada boʻladi.

 

Ish haftasining ikkinchi yarmida harorat +29– +31 darajagacha koʻtariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//