
Jahon
9-may sharifiga tashkil etiladigan Rossiyaning “Oʻlmas polk”iga oʻxshash yurishlar endi Qozogʻiston shaharlarida oʻtkazilmaydi.
Maʼlum boʻlishicha, Olmaota maʼmuriyati tadbirni oʻtkazishdan bosh tortgan. Pavlodar va Petropavlovsk(rus tilida soʻzlashuvchi aholi ulushi katta boʻlgan shaharlar)da esa rasmiylar aksiyani internetda oʻtkazishni va frontchilarning fotosuratlarini maxsus LED-ekranlarga joylashtirishni taklif etgan.
Masʼul shaxslar oʻrnatilgan taqiq sababini tadbir oʻtkazilishi rejalashtirilgan shaharlarda boʻsh maydonlar yoʻqligi bilan izohlamoqda.
Taqiq qarori oʻzgarmagan. shu bois mamlakat fuqarolari bunday tadbirlarni uyushtirmaslikka chaqirilmoqda. Taqiqni chetlab oʻtishga boʻlgan har qanday urinish ruxsatsiz miting sifatida baholanadi va bu jarimaga tortish, hibsga olish yoki yana boshqa jazo choralari qoʻllanilishiga olib kelishi mumkin.
“Oʻlmas polk”ni qoʻllab-quvvatlovchilar allaqachon Qosim-Joʻmart Toʻqayevga SSSR bayrogʻi bilan murojaat yoʻllagan. Ular oʻzlarini “gʻalaba vorislari” deb atab, sovet ramzlarida hech qanday qingʻirlik yoʻqligini taʼkidlagan.
“9-may kuni Olmaota koʻchalari boʻylab “Oʻlmas polk” namoyishi oʻtkazilishini istaymiz, uning muqobili Qozogʻistonda “Botirlarga taʼzim” deb ataladi. Biz ushbu vatanparvarlik tuygʻularini namoyish etishga ruxsat berishlari uchun prezidentga va barcha mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qilmoqdamiz”, deyiladi ularning murojaatida.
Xabarda yozilishicha, ular hokimiyat vakillarini “antisovetchilar” deb atagan va taqiqqa qaramay yurish oʻtkazilishidan ogohlantirgan.
“Petropavlovskda oʻzlarini “koʻngillilar” deb atayotgan odamlar paydo boʻlgan. Ular qozogʻistonliklarni Rossiya rubli evaziga yurishda qatnashishga jalb qilmoqda”, deb yoziladi xabarda.
Aytilishicha, qozogʻistonliklarning bunday yurishlarga munosabati aynan Ukrainaga bosqin tufayli oʻzgargan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q